1 Mart 2023 yil 393

Avtomashinada qolgan barmoq izlari orqali bezorilik sodir etgan shaxs aniqlandi

2023-yil 3-fevral kuni Asaka tumanida yashovchi fuqaro G‘.X Asaka tumani IIBga murojaat qilib, unda Asaka tumanida qarovsiz qoldirgan “Captiva” rusumli avtomashinasiga nomaʼlum shaxs tomonidan ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligini bildirgan.

Fuqaro G‘.Xga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtomashinasini ko‘zdan kechirish davrida Asaka tumani IIB ekspert-kriminalisti tomonidan avtomashina tashqi tomonidan qo‘l barmoq izlari aniqlanib olinib, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlari Asaka tumanida yashovchi Yu.X ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha fuqaro Yu.X ismli shaxs bilan o‘tkazilgan surishtiruv davrida haqiqatdan ham Yu.X ushbu bezorilikni sodir etganligini, ushbu holatni sodir etgan vaqtda mast holatda bo‘lganligini tan olgan. Hozirda avtomashina yetkazilgan zararga qaratilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech