2 Avgust 2023 yil 391

Avtomashinada sodir etilgan o‘g‘irlik Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan fosh etildi

2023-yil 28-iyul kuni Andijon shahrida yashovchi E.S Andijon viloyati IIBning “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, nomaʼlum shaxs uning “Cobalt” rusumli avtomashinasidan narxi 2.150.000 so‘mlik avtomobil jihozini yashirin ravishda talon-taroj qilib hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida hodisa joyidagi videokuzatuv kamerasi xotirasidan olingan videotasvirdagi nomaʼlum shaxs Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazining “Shaxsni identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganida Andijon tumanida ro‘yxatda turuvchi F.S ekanligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech