Avtomashinadan sodir etilgan oʻgʻirlik Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan fosh etildi
Joriy yilning 4-avgust kuni Asaka tumani Navkan MFYda yashovchi fuqaro J.A. IIBga xabar berib, oʻziga tegishli Spark rusumli avtomashinasi salonidagi hamyoni ichidan 1.500 AQSH dollari hamda 600.000 soʻm pullarini nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlab olib ketilganligini maʼlum qilgan.
Oʻgʻirlik holati yuzasidan Asaka tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Asaka tumani IIB tezkor-tergov guruhi tarkibida hodisa joyiga borgan tuman EKG katta eksperti tomonidan avtomashinani koʻzdan kechirish davrida qoʻl barmoq izlari aniqlanib olingan.
Olingan qoʻl barmoq izlari tuman EKG katta eksperti tomonidan gumondorlar daktoxaritalari bilan solishtirib, tekshirilganida qoʻl barmoq izlari, Asaka tumani Muqumiy MFYda yashovchi S.Sh. ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlanib, gumondordan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati