Avtomashinalarda sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati barmoq izlari orqali fosh etildi
2023-yil 25-aprel kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi B.I va M.R.lar viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga xabar berib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinalaridan narxi 350.000 ming so‘mga teng bo‘lgan magnitofon va “Novey” nomli telefon apparatini nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilishgan.
Asaka tumani IIB tezkor-tergov guruhi tarkibida tuman ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti tomonidan avtomashinalarni ko‘zdan kechirishda qo‘l barmoq izlari aniqlanib olingan.
Avtomashinalardan olingan qo‘l barmoq izlari viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining "Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi" bazasidan tekshirilganida ushbu qo‘l barmoq izlari Asaka tumanida yashovchi fuqaro I.S tomonidan qoldirilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, fuqaro I.S bilan olib borilgan tezkor surishtiruvlar davrida, 2023-yil 24-aprel kunidan 2023-yil 27-aprel kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Asaka tumanida yashovchi Q.F.ga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinadan 1 dona narxi 1.100.000 so‘mga teng bo‘lgan “Samsung A-21” rusumli telefon apparati, narxi 35.000 so‘m bo‘lgan xotira qurilmasi va 30.000 so‘m pullarni, fuqaro T.R.ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinadan narxi 250.000 so‘mga teng bo‘lgan magnitofon, fuqaro R.M.ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinadan narxi 250.000 so‘mga teng bo‘lgan magnitofon va narxi 70.000 so‘mlik telefon o‘rnatgichni, fuqaro K.S.ga tegishli “Nexia" rusumli avtomashinadan narxi 2.300.000 so‘mga teng bo‘lgan “Redmi not-8” rusumli telefon apparatlarini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini maʼlum qilgan.
Holat yuzasidan fuqaro I.S tomonidan o‘g‘irlangan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.
Hozirda Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro I.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati