Baliqchi tumani IIB shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 19-iyul kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida Baliqchi tumani IIB shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida, o‘zining jirkanch nafsi yo‘lida korrupsion va boshqa noqonuniy holatlarni sodir etib, yaqinlarini el-yurt oldida uyatga qo‘ygan ayrim nopok xodimlarning achchiq qismatlari aks etgan taʼsirchan videorolik namoyish etilib, barcha ogohlikka chorlandi.
Bu kabi salbiy holatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamma bir yoqadan bosh chiqarib ishlasagina kutilgan natijalarga erishish mumkinligi hayotiy misollar yordamida taʼkidlab o‘tildi.
Uchrashuv davomida ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar holati tahlillar asosida tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘ngida, o‘zining namunali intizomi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda boshqa hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Albatta o‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar xodimlar o‘rtasida turli noxush holatlar sodir etilishini barvaqt oldini olib, ularni yana-da shijoat bilan ishlashlariga xizmat qiladi.
Hozirda bu kabi xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar joylarda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati