Baliqchi tumani IIB xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Baliqchi tumani IIBda profilaktika (katta) inspektorlari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi.
O‘tkazilgan yig‘ilish davomida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligining o‘rinbosari podpolkovnik M.M.Mamirjonov tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, profilaktika inspektorlarining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qatʼiy tartibda taʼminlashda ota-onalarning xam rolini oshirish zarur ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, ular tomonidan tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy masalalardan biri ekanligi, bu borada xodimlarning oila aʼzolari bilan doimiy fikrlashib, munosabat bildirib borish qayd etildi. O‘z navbatida xodimlarning ota-onalari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishib, o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ochiq muloqot so‘ngida o‘ziga biriktirilgan hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etishda o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, tartib-intizomi bilan boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh profilaktika (katta) inspektorlarining oila-aʼzolariga alohida minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati