Baliqchi tumanida Andijon viloyati 3-sektorining sayyor qabuli o‘tkazildi
Baliqchi tumani IIB binosida tashkil etilgan sayyor qabulni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov o‘tkazdi.
Qabulda 21 ta turli masaladagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Ish bilan taʼminlash, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 14 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 7 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati