Baliqchi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan pirotexnika vositalari aniqlandi
2021 yil 14 dekabr kuni soat 18:00 larda Baliqchi tumanida Andijon viloyati bojxona boshqarmasi, DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishini oldini olishga qaratilgan tezkor-tadbir o‘tkazildi.
Tezkor-tadbir davomida Baliqchi tumani, Yakkatol MFY hududidan o‘tgan “Ulug‘nor-Baliqchi” avtomagistrali chetida to‘xtab turgan J.I boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganida, fuqaro S.D.ga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, Respublikamiz hududiga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan umumiy qiymati 34 million 480 ming so‘m bo‘lgan xar-xil turdagi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati