Baliqchi tumanida o‘tkazilgan “Zarbdor 10 kun” tezkor-profilaktik tadbiri muhokama etildi
Joriy yilning 9 noyabr kuni Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektorlar rahbarlari, huquq-tartibot organlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalarning vakillari, taklif etilgan tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada 4 ta sektor rahbarlarining joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Sessiyada kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama markazida bo‘ldi.
Xususan, Baliqchi tumanida joriy yilning 28 oktyabridan 7-noyabr kuniga qadar huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan o‘tkazilgan “Zarbdor 10 kun” tezkor-profilaktik tadbiri muhokama etildi.
Baliqchi tumanidagi ijtimoiy-kriminogen vaziyat va jinoyatchilik tahlili yuzasidan Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik I.Ketmonov batafsil axborot berib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tumandagi barcha tashkilotlarning hamkorligini yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda jinoyatchiliklarning barvaqt oldini olish maqsadida o‘tkazilgan “Zarbdor 10 kun” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida bu kabi kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘plab takliflar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati