15 Dekabr 2021 yil
394
Baliqchi tumanidagi 3 - sektor hududida yashovchi oilalar o‘rtasida o‘tgan sport va kitobxonlik bellashuvlari viloyat bosqichiga eng munosiblarni saralab berdi
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bahslarining shahar va tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Baliqchi tumanidagi 3 - sektor hududida yashovchi oilalar o‘rtasida o‘tgan sport va kitobxonlik bellashuvlari viloyat bosqichiga eng munosiblarni saralab berdi. Sport yo‘nalishida Aralxon mahallasidan Dilshodbek Mashrapovlar oilasi, kitobxonlik yo‘nalishida Ko‘l mahallasidan Saidaxon Qo‘shaqova oilasi g‘olib bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning faxriy yorlig‘i va sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati