12 Noyabr 2021 yil 455

Baliqchi tumanidagi mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha uchrashuv muloqotlar o‘tkazilmoqda

Baliqchi tumanidagi mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha uchrashuv muloqotlar o‘tkazilmoqda. Unda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari, imom-xatiblar mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv-muloqotlarda sodir etilgan noxush holatlar sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi. Oilaviy kelishmovchilik ham og‘ir jinoyatlarga sabab bo‘lishi aytildi. Jinoyat uchun qonunchiligimizda belgilangan qatʼiy jazo choralari qo‘llanilishi, jinoyatga jazo muqarrarligi alohida taʼkidlab o‘tildi. Har bir fuqaro ogohlik va hushyorlik bilan salbiy holatlarning sodir bo‘lishini tomoshabin bo‘lib kuzatib turishi emas, balki uning oldini olish uchun chin dildan harakat qilishi shart, deyildi Do‘ngsaroy mahallasidagi uchrashuvda.

Hozirda bu kabi profilaktik uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech