22 Iyun 2023 yil 447

Baliqchi tumani IIB xodimlari psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazildi

Andijon viloyati, Baliqchi tumani IIB masʼullari tomonidan shaxsiy tarkib xodimlarini axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash hamda psixologik portretini shakllantirish, yosh xodimlarni ruhiy holatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ular psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shuningdek, psixologik taʼminlash guruhi va boshqarma masʼullari buyruq talablari asosida shaxsiy tarkibning ruhiy holatini o‘rganish va nazorat qilib borish maqsadida ularning xizmat jarayonida yuqori zo‘riqishlar, stressli vaziyatlar, undan chiqish va o‘zini tutish, muomala madaniyatini shakllantirish, fuqarolar bilan nizoli vaziyatlarni oldini masalalariga oid maʼruzalar o‘qidilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech