17 Noyabr 2021 yil
703
Baliqchi tumani IIB xodimlari tomonidan telefon o‘g‘risi fosh etildi
2021-yil 14 oktyabr kuni soat 05.50 larda, fuqaro M.F. Baliqchi tumanida joylashgan “Oqqo‘rg‘on” masjidi qorovulxonasiga kirib, u yerda A.E.ga tegishli bo‘lgan 1 dona narxi 1.000.000 so‘mlik “Samsung A50” rusumli uyali qo‘l telefonini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati