13 Iyun 2022 yil 396

Baliqchi tumanida xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abdurayimov, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Nurillo Biloloxunov, oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda viloyat IIB mutasaddilari hamkorligida oʻtkazilgan profilaktik tadbirda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar boʻyicha faollar va profilaktika inspektorlari qatnashdi.

Taʼkidlanganidek, fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda hamkorlikda ish tashkil etish zarur ekanligi aytib oʻtildi. Bunda “xonadonday”, "oilabay" va "fuqarobay" tamoyili asosida ish olib borish oʻz samarasini beradi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech