Barmoq izlari jinoyatchini fosh etdi
2022-yil 15-iyul kuni Asaka tumani Uchtosh MFY, Yuqori qadim ko‘chasida yashovchi fuqaro M.B. IIBga xabar berib, o‘zini yashash xonadonidan 8.000.000 so‘m pullari va avtomashina jihozlarini nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab olib ketganligini maʼlum qilgan.
O‘g‘irlik holati yuzasidan Asaka tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Asaka tumani IIB tezkor-tergov guruhi tarkibida tuman EKG katta eksperti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qo‘l barmoq izlari aniqlanib, olingan.
Olingan qo‘l barmoq izlari Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazining Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida qo‘l barmoq izlari, Asaka tumanida yashovchi fuqaro B.M. ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlanib, gumondordan o‘g‘irlangan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati