Barmoq izlari jinoyatchini fosh etdi
Joriy yilning 11 noyabr kuni Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro IIBga xabar berib, o‘zini yashash xonadonidan 1400 AQSH dollari, 1500 Rossiya rubli hamda 500 000 so‘m pullarni nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab olib ketganligini maʼlum qilgan.
Oltinko‘l tumani IIB tezkor-tergov guruhi tarkibida tuman EKG katta eksperti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qo‘l barmoq izlari aniqlanib, olingan.
Olingan qo‘l barmoq izlari Ekspert-kriminalistika markazining Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida qo‘l barmoq izlari, Andijon tumanida yashovchi fuqaro Sh.I. ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlanib, gumondordan o‘g‘irlangan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olindi.
O‘g‘irlik holati yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati