Boshqaruvni yo‘qotgan “Damas” yuk avtomashinasiga borib urildi
2020 yil 22 sentyabr kuni soat 15:30larda fuqaro M.A o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini Qo‘rg‘ontepa tumani, Tadbirkor MFY o‘ramidan o‘tgan Savay-Qo‘rg‘ontepa avtomobil yo‘lining Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan fuqaro A.A.ning “Zil 130” rusumli yuk avtomashinasiga borib urilgan va yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Buning oqibatida “Damas” avtomobilining salonida bo‘lgan voyaga yetmagan fuqaro O.K voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Shu o‘rinda barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilgan holda harakatlanishlarini, avtomobil boshqaruvida hamisha xushyorlikni yo‘qotmasliklarini so‘rab qolamiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati