2 Avgust 2023 yil
415
Bo‘ston tumani IIB Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarning bandligi taʼminlanmoqda
Bo‘ston tumani IIB xodimlari tomonidan probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tab kelayotgan nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib, ularning bandligini taʼminlash borasida chora-tadbirlar asosida ish tashkil etilmoqda.
Xususan,Bo‘ston tumanida mutasaddi tashkilotlar hamkorligida "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida 5 nafar nazorat ostidagi shaxs doimiy, daromadli ish bilan taʼminlandi. Shuningdek, 7 nafariga yo‘llanma berildi. Bu esa jinoyatchilikni oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati