17 Yanvar 2023 yil 1984

Bo‘ston tumani IIB xodimlari tomonidan qimorxona fosh etildi

Joriy yilning 4-yanvar kuni soat 22:00 larda Bo‘ston tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro E.R yashash uyida bir guruh fuqarolarga qimor o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida oshiq toshlari, maxsus yelim idishlar va 614.000 so‘m pullar olindi.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech