9 Noyabr 2021 yil 545

Bozorda kissavurlik qilgan kimsa qo‘lga olindi  

2021-yil 4-noyabr kuni soat 13:30 larda fuqaro R.Z. Andijon shahar Yorboshi MFY “Jahon bozori” hududida savdo qilish uchun kelgan M.N.ning egnidagi nimchasining cho‘ntagidan 45.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlagan vaqtida shu yerda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Birovning haqiga ko‘z olaytirganlarga albatta jazo muqarrar. Shu o‘rinda barcha fuqarolardan o‘z mol-mulklariga doim hushyor va ogoh bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech