20 Yanvar 2024 yil 1703

Bo‘ston tumanida Andijon viloyati 3-sektorining sayyor qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Bo‘ston tumani IIB binosida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 3-sektor hududida yashovchi aholining murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.B.Ismanov o‘tkazdi.

Qabulda 23 ta turli masaladagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Xususan, Ishga joylashish,sog‘liqni saqlash, moddiy yordam olish, kredit ajratish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 17 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 6 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech