27 May 2022 yil 470

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali “Andijon shahar mikrorayondagi Pasport stoldagi holat” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan video murojaat yuzasidan munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali “Andijon shahar mikrorayondagi Pasport stoldagi holat” sarlavhasi ostida video murojaat eʼlon qilindi.

Mazkur murojaat Andijon viloyati IIB tomonidan oʻrganilib chiqildi.

Hozirda video murojaatda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar Andijon shahri boʻyicha IIOFMB 1-son IIB ichki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhida bartaraf etilib, fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartalari hamda xorijga chiqish biometrik pasportlari berilishi hamda doimiy va vaqtinchalik roʻyxatga olish ishlari bir meʼyorda davom ettirilmoqda. 

Shuningdek, kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish borasida kerakli chora-tadbirlar belgilab olinganligini maʼlum qilamiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech