2 Iyun 2021 yil 684

Bo‘lajak rahbar xodimlar jamlovchi organlarda malakaviy amaliyot o‘tashmoqda

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetining tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu yerda taʼlim olgan tinglovchilar hozirda ichki ishlar organlari tizimining turli tarmoqlarida samarali rahbarlik qilib kelishmoqda.

Shu yilning 01 iyun kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. IIV Akademiyasi Rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetini 2020 yil bitiruvchilari, hozirgi kunda o‘qishni davom ettirayotganlar hamda shu yil ushbu IIV Akademiyasining magistraturani o‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy taʼlim tizimiga o‘qish istagini bildirgan nomzodlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur muassasada taʼlim olish tartibi va taʼlimning yangi tizimga o‘tishi hamda malakali professor-o‘qituvchilardan saboq olishning ahamiyatli jihatlari haqida so‘z bordi.

Mazkur yo‘nalishda tahsil olishni istayotgan yoshlar sonini ortib borayotgani sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir. Zero, bilimli, zakovatli xodimlar bilan sohada yuksak marralarga erishish mumkin.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech