Buloqboshi tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi
Fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarini o‘rganish va ularni hal qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bu galgi sayyor qabul Buloqboshi tumanida tashkil etildi.
Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ham ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.
Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati