7 Oktyabr 2021 yil
655
Buloqboshi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi
Buloqboshi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, shu yilning 1 oktyabr kunidan buyon qidiruvda bo‘lgan M.O Toshkent shahri hududidan ushlandi.
Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati