18 May 2023 yil
2017
Buloqboshi tumanida “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs aniqlandi
2023-yil 16-may kuni soat 13:00 larda Andijon viloyati IIB JQB hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Buloqboshi tumanida yashovchi A.O “Shodlik” nomli savdo majmuasi oldida xolis xaridorga og‘irligi 0,97 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 250.000 so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida ushlandi
Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati