26 May 2022 yil 465

Buloqboshi tumanida “xonadonbay”, «oilabay», «fuqarobay» ishlash boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 16-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi oʻrinbosari D.Qodirov va Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Sobirovlar raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlariga asosan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Bunda, Andijon viloyati IIB XPB boshligʻi oʻrinbosari G.Abduvohidova va Buloqboshi tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman Ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda “xonadonday”, «oilabay», «fuqarobay» tizimi boʻyicha ish tashkil qilish, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirda tumandagi barcha mahallar fuqarolar yigʻinlari raislari, xotin-qizlar faollari, otin oyilari, profilaktika nozirlari ishtirok etdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech