19 Iyul 2021 yil 683

Bo‘ston tumanida farg‘onalik haydovchi yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi

2021 yil 14 iyul kuni soat 03:50 larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro A.A o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini Bo‘ston tumani hududida boshqarib borayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan shu tumanda istiqomat qilgan fuqaro Q.S.ni urib yuborgan. Buning oqibatida Q.S bosh qismidan og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.  Ammo kasalxonada ushbu fuqaroga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 17 iyul kuni Bo‘ston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda barcha  haydovchilardan yo‘llarda harakatlanish paytida yana-da ehtiyot bo‘lishlarini va tezlikni oshirmasliklarini, piyodalardan esa o‘z majburiyatlarini unutmasliklarini so‘rab qolamiz!

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech