Bo‘ston tumanida nafaqa pullarini tayinlanishida yordam berishini aytib firibgarlik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021-yil avgust oyida Bo‘ston tumanida yashovchi B.S. ushbu tumanda istiqomat qiluvchi R.K.ning farzandi uchun 2 yoshgacha bo‘lgan nafaqa pullarini tayinlanishida yordam berishini aytib, uning 400.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lgan kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Albatta, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik, jinoyat uchun jazo muqarrar. Ammo aksariyat hollarda firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolishda ko‘plab fuqarolarimizning o‘zlari sharoit yaratib berayotganliklari, yetti yot begona kishiga bir zumda ishonib, bor-bisotini qo‘sh-qo‘llab topshirishlari ularga huquqiy bilimning yetishmasligidan darak beradi.
Hurmatli fuqarolar! Fribgarlardan ogoh bo‘ling!
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati