9 Fevral 2023 yil 261

Buyuk ajdodlarimiz hamisha barhayot

IIV Andijon akademik litseyida joriy yilning 7 fevral kuni g‘azal mulkining sultoni, hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash maqsadida “Buyuk ajdodlarimiz hamisha barhayot” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bilan birga 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida ikki buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bellashuv o‘tkazildi.

Bellashuvda o‘quvchilar devoriy ro‘znomalar tanlovi, tanishtiruv, savol-javob, hikmatlar guldastasi, ifodali o‘qish hamda sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha qizg‘in kurashdilar. Bahs, munozaraga boy o‘tgan bellashuvda “Navoiyshunoslar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimli, vatanparvar va fidoyi bo‘lib voyaga yetishishlariga xizmat qiladi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech