5 Iyun 2024 yil 11116

D I Q Q A T    E ʼ L O N! O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga nomzodlarni qabul qilish uchun tanlov eʼlon qilinadi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga yoshi o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Andijon viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, oliy ma'lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi safdor xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 1-iyun kunidan 1-iyul kuniga qadar soat 09:00dan 18:00ga qadar o‘tkaziladi.

- YPF-Yo‘l-patrul faoliyatida; (bo‘yi 175 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 170 sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

- PTT-Pasport tizimini taʼminlashda; (bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 160 sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

- JTSF-Jamoat tartibini saqlashda; (bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 165 sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati; ( jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lgan, qo‘l jangi usullaridan xabardor bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 160 sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

 - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Yashash manzili bo‘yicha Andijon viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 30 yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan 30 yoshdagi ham;

- Erkaklar uchun bo‘yi 165 santimetrdan, past bo‘lmasligi (bo‘y parametrlari ayrim

  mutaxassisliklar uchun alohida belgilangan);

- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik    

  chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar;

- Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma asl nusxasi;

- bakalavr diplomi asl nusxasi;

     - doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida      maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 1-iyul kuniga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha) doimiy yashash manzili bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limlariga murojaat etishlari so‘raladi.

Eslatma: 2024-yilning 1-iyun - 1-iyul kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon:  90-527-05-09

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati 

Text to speech