11 May 2020 yil
1140
D I Q Q A T E ' L O N !
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litseyiga 2020-2021 o‘quv yili uchun arizalar qabul qilish muddati uzaytirilganligini ma'lum qiladi.O‘tkaziladigan tanlovlarga umumta'lim muassasalarining 9-sinfini tamomlayotgan o‘quvchilar taklif etiladi.
Farzandlarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litseyga o‘qishga kirish istagini bildirgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan joriy yilning 15 may kuniga qadar doimiy yashash joyidagi hududiy ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
ANDIJON VILOYATI IChKI IShLAR BOShQARMASI KADRLAR BOShQARMASI