D I Q Q A T T A N L O V !!!
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, viloyat ichki ishlar organlarining quyi tizimlarida mavjud lavozimlarni munosib nomzodlar bilan jamlash maqsadida ofiserlik lavozimlariga ishga qabul qilish uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini e'lon qiladi.
Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) oliy ma'lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, bo‘yi
165 santimetrdan past bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan erkaklar hamda bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi.
Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 25 may kunidan 5 iyun' kuniga qadar hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.
Murojaat uchun telefon: 74 223 88 89
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi