21 Noyabr 2022 yil 1859

D I Q Q A T  T A N L O V! Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga nomzodlarni qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazilishini eʼlon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, Andijon viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va oliy maʼlumotga ega Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi safdor xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlarni ro‘yxatga olish 2022 yil 5-noyabr kunidan 5-dekabr kuniga qadar soat 09-00dan 17-00ga qadar o‘tkaziladi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish reja taqsimotiga ko‘ra, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga jami 8 ta quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kvota ajratilgan:

- YPX-Yo‘l-patrul faoliyatida 1 ta; (bo‘yi 175 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 175sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

- PTT-Pasport tizimini taʼminlashda 1 ta; (bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 160 sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

- JTSF-Jamoat tartibini saqlashda 2 ta; (bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 165 sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati 4 ta; ( jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lgan, qo‘l jangi usullaridan xabardor bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 160 sm.dan past bo‘lmagan ayollar )

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Yashash manzili bo‘yicha Andijon viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi;

- Erkaklar uchun bo‘yi 165 santimetrdan, past bo‘lmasligi (bo‘y parametrlari ayrim mutaxassisliklar uchun alohida belgilangan);

- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy    

  xizmatni o‘tagan yigitlar;

- Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari; 

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma;

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi diplom;

     -doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida      maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning

05 dekabr kuniga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha) doimiy yashash manzili bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limlariga murojaat etishlari so‘raladi. 

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: (97) 272-03-07

 

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

 

Text to speech