“Damas” olib beraman deb firibgarlik sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon tumanida yashovchi fuqaro A.I shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro M.I.ning ishonchiga kirib, unga bo‘lib to‘lash sharti bilan 2.800 AQSH dollari evaziga “Damas” rusumli avtomashina olib berishligini aytgan va undan 1.300 AQSH dollari pul mablag‘larini olgan. Ammo A.I kelishilgan “Damas” rusumli avtomashinasini olib bermasdan, shu yilning may oyida M.I.ga olgan pullaridan faqatgina 200 AQSH dollarini qaytarib bergan. Qolgan 1.100 AQSH dollarini A.I o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborib, firibgarlik sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 8 iyul kuni fuqaro A.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati