Davlat rahbarining topshirig‘i ijrosi yuzasidan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh masʼullari tomonidan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish” yuzasidan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari professor Oybek Kamalov boshchiligida soha mutaxassislari tomonidan joriy yilning 14 fevral kuni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda bugungi kunda yoshlar orasida keng tarqalgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, tahlikali vaziyatlarda ogohlikni unutmaslik, talaba-yoshlarning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak anʼanalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik xususidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalarida suhbatlashildi.
O‘tkazilgan tadbir yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni turli zararli illatlar taʼsiriga tushib qolmasliklari borasida ko‘plab qimmatli maʼlumotlarni olishlari uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi.
IIV Axborot xizmati