Devor orasida saqlangan “zaxri qotil”
2020 yil 16 may kuni soat 17:00 larda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbirining 1-bosqichi davomida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, Qorasuv shahrida yashovchi fuqaro M.T.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qurilishi tugallanmagan uyining devori orasida qog‘oz parchasiga o‘ralgan og‘irligi 1,5 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati