3 Yanvar 2022 yil 775

DIQQAT TANLOV!

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida yangi tashkil etilgan inspektor-psixolog lavozimlarini munosib xodimlar bilan jamlash maqsadida ofitserlik lavozimlariga yigit va qizlar uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini eʼlon qilamiz.

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) oliy-pedagog, oliy-psixolog va oliy-huquqshunos maʼlumotiga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar hamda bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.

Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 3-yanvar kunidan 13-yanvar kuniga qadar hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: 74-223-88-89

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech