23 Oktyabr 2024 yil 3525

“Dolzarb giyohvandlik oyligi” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini samarali o‘tkazishga qaratilgan seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 1-o‘rinbosari polkovnik Sh.Rahmonov huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat miqyosida “Dolzarb giyohvandlik oyligi” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini samarali o‘tkazish, rahbarlik qilish, jalb etilgan kuch va vositalardan unumli foydalanish, maʼlumotlarni umumlashtirib, tahlil qilish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirligi hamda Andijon viloyati IIB TQX JQB Giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli sohaviy xizmat rahbarlari va shahar-tuman IIB xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Unda narkotik moddalarining kirib kelish yo‘llari va usullari, ularning turlari hamda giyohvandlik moddalar bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar haqida keng qamrovli maʼlumot va tushunchalar berib o‘tildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech