“Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘zini shubhali tutgan fuqaroning yonidan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari aniqlandi
Joriy yilning 29-noyabr kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Yangi Farg‘ona” MFY o‘ramida joylashgan “Do‘stlik” chegara bojxona postida tungi xizmatga jalb etilgan Xo‘jaobod tumani IIB hamda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro M.B “Do‘stlik” chegara bojxona postining “kirish piyoda” yo‘lagi orqali Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tish uchun harakatlanayotgan vaqtda o‘zini shubhali tutganligi uchun xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganda, egnida bo‘lgan kulrang rangli kurtkasi bilan jemperi o‘rtasiga joylab yashirib olgan bir dona qora rangli sellofan paketga solingan jami 23 dona “1% glaznke kapli 10 ml tropikamid” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati