Yosh xodimning ota-onasiga Ichki ishlar vazirining minnatdorchilik xati yetkazildi
25-oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish borasidagio‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh yosh xodimlarning ota-onalariga Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning minnatdorchilik xatlari yuborilgan.
Eʼtiborlisi huddi shunday minnatdorchilik xatiga Jalaquduq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori leytenant Inomidinov Xojiakbar Izzatillo o‘g‘lining ota-onasi ham munosib deb topilgan.
Ushbu minnatdorchilik xati va esdalik sovg‘asi Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan xodimning ota-onasiga topshirilib, boshqarma boshlig‘ining minnatdorchiligi ham yetkazildi.
Albatta bu kabi ko‘rsatilayotgan rag‘batdan kelgusida xar qanday xodim ham vijdonan va sadoqat bilan ishlashi shubxasizdir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati