Ekspert-kriminalist barmoq izidan jinoyatchini aniqladi
2023-yilning 9-yanvar kuni Andijon viloyati, Bo‘ston tumanida yashovchi fuqaro T.Z yashash xonadonida o‘g‘irlik sodir bo‘lib, nomaʼlum shaxslar tomonidan 7.000.000 so‘m naqd pullari, 100 AQSH dollari hamda qiymati 4.000.000 so‘mlik tilla zanjirini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.
Ushbu o‘g‘irlik holati yuzasidan Bo‘ston tumani IIB katta ekspert-kriminalisti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish mobaynida qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida ushbu qo‘l barmoq izlari, Bo‘ston tumanida ro‘yxatda turuvchi Q.I ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlandi.
Bo‘ston tumani IIB xodimlari tomonidan gumondor Q.I ismli shaxs ushlanib, jabrlanuvchi T.Zning yashash xonadonidan o‘g‘irlab olib ketilgan ashyoviy dalillar bayonnoma orqali olingan.
Hozirda jinoyatchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati