11 Fevral 2025 yil 4317

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-may kungi “O‘zbekiston respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF 73-sonli Farmoni hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-yanvar kungi tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarini o‘tkazilishi belgilanib, bu borada Andijon viloyatida ham bir qator ishlar olib borilmoqda.

Ushbu olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish maqsadida IIV Tezkor-qidiruv departamenti mas’ullari hamda Andijon viloyati IIB rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tegishli sohaviy xizmatlarga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Andijon viloyatida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech