24 Avgust 2023 yil 8774

“Eng yaxshi tezkor xodim” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi 

Andijon viloyati IIB TQX Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmalari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi tezkor xodim” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda xodimlar  xizmat faoliyatlariga oid hamda maʼnaviy-maʼrifiy, xizmat va jangovar, jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishlari, shuningdek IQ (intellektual koeffitsiyent) va individual psixologik xususiyatlari darajasini va bilim saviyasini aniqlash bo‘yicha sinovlardan o‘tdilar. Viloyat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan tezkor xodimlardan iborat guruh tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech