28 Oktyabr 2020 yil
1091
«Erim meni intim suratlarimni internetda tarqatmoqda» – Ayol erining barcha sirlarini oshkor qildi nomli videomurojaat yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda «Erim meni intim suratlarimni internetda tarqatmoqda» – Ayol erining barcha sirlarini oshkor qildi nomli videomurojaat tarqalgan.
Ushbu videomurojaatda ayol eri tomonidan intim suratlarini tarqatib yuborilganini va boshqa ko‘plab noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirib kelayotganini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur videomurojatda aks etgan holatlar bo‘yicha hozirda Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. O‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati