9 May 2022 yil 517

“Eʼtibor va g‘amxo‘rlik-insoniy burch”

Yurtimizda har yili “9-may xotira va qadrlash kuni” keng nishonlanib kelinmoqda. Shu qatori, Andijon viloyati va viloyat ichki ishlar organlarida ham ushbu bayram “Xotira bor ekan-millat barhayot”, “Eʼtibor va g‘amxo‘rlik-insoniy burch”, “Xotira boqiy, qadr muqaddas” hamda “Mardlik va jasorat hamisha barhayot” shiorlari ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 2022 yil 7 may kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi “Saf maydoni”da “Eʼtibor va g‘amxo‘rlik-insoniy burch” nomli tadbir tashkillashtirilib, tadbirga uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib, Hozirda nafaqa gashtini surayotgan faxriylar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida mardlarcha halok bo‘lgan hamda tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning oila aʼzolari taklif etildi.

Dastavval, boshqarma hovlisida joylashgan «Xotira maydoni»da shahidlar xotirasi yod etilib, gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga boshqarma boshlig‘ining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. So‘ngra, hozirda nafaqa gashtini surayotgan faxriylar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida mardlarcha halok bo‘lgan hamda tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning oila aʼzolariga boshqarma boshlig‘ining qimmatbaho sovg‘alari va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech