Faxriylar tomonidan yosh xodimlar va “mahalla yettiligi” a’zolariga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda
So‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyatimiz hududida bir qator amaliy ishlar tashkil etilmoqda.
Xususan, faxriylar tomonidan Andijon shahridagi mahallalarda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi”ning aniq mas’uliyati belgilanganligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, yosh xodimlarga faxriylar tomonidan o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Bu kabi ishlar hozirda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati