“Fidoyi ayol xodima” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan shahodatlangan ayol xodimalarning kasbiy bilim va malakalarini oshirish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qaroriga muvofiq Ichki ishlar vaziri tomonidan eʼlon qilingan “Ichki ishlar organlarida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi ham ishtirokchilarning faolligi bois ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan viloyat ichki ishlar organlarining shahodatlangan ayol xodimalari jangovar qurolni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, hamda sportning 1000 metrga yugurish va komleks mashqlar bajarish turlari bo‘yicha bellashgach, o‘zlarining sohaviy xizmat, maʼnaviy-maʼrifiy, jangovar va xizmat tayyorgarligi bo‘yicha bilimlarini test sinovlari orqali namoyish etdilar.
Hakamlar hayʼati tomonidan har bir ishtirokchining mahorati sinchkovlik va xolislik bilan baholab borildi.
Yakunda Andijon viloyati IIB TVBSO xodimasi katta serjant Qodirova Durdona “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyatida o‘tkazilgan hududiy saralash bosqichi g‘olibasi deb topilib, ko‘rik-tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati