15 Noyabr 2021 yil
567
Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan firibgarlik jinoyatini sodir etgan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 11-noyabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB hamda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168–moddasi (Firibgarlik) 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, sud organlaridan yashiringanligi uchun qidiruvda bo‘lgan, Andijon tumanida yashovchi T.G Andijon shahri hududidan ushlandi.
Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati