19 Iyul 2021 yil
843
Fuqaroning “YouTube” ijtimoiy tarmog‘iga qilgan videomurojaatini o‘rganish bo‘yicha rasmiy munosabat
Joriy yilning 17 iyul kuni “YouTube” ijtimoiy tarmog‘iga “Daxshat semiz ayol kurkmasdan xadimlarni sukib gapirib tashladi” sarlavhali videomurojaat joylandi. Ushbu videomurojaatda Paxtaobod tumanida yashovchi ayol B.D Paxtaobod tumani IIB xodimlari ustidan shikoyat qilib, xodimlar tomonidan fuqaroga nisbatan turli nohaqliklar bo‘layotganligi bayon qilingan.
Hozirda fuqaro B.D.ning videomurojaatida aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati